Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2023-04-25 15:44:32 335
Rishton tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 54-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida hududlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi “2022- 2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarni hisobotlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tumandagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar tomonidan 2023 yil birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimovning Axboroti - Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilarining faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Rahimovning axboroti- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining raisi Sh.Axunbayevning 2023 yilning birinchi choragi davomida tumanlararo sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti - Rishton tumanlararo iktisodiy sudining raisi Umidjon Ergashevning 2023 yilning birinchi choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti - Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida 2023 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ijrosi bo‘yicha joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Rishton tuman hokimini moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Mustafaqulovning hisoboti - Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayevning tuman bo‘yicha 2023 yil "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-bosqichi natijalariga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllangan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish yuzasidan axboroti- Tuman sektor rahbarlari tomonidan taklif etilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish va muammolari hal bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish - “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidagi mablag‘larni tasarruf etish to‘g‘risidaSessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi