Rishton tumanida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.

×

 2023-04-17 15:15:30    346

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan yoshlar sayli hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Dasturda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etib, Konstitusiyaga kiritilayotgan yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. 
Bosh Qomusimizga ham xalqimizning taklif va tashabbuslari bilan bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda va mazkur o‘zgarishlar jarayonida yoshlar yo‘nalishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitusiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshayotgani, yoshlar bilan bevosita bog‘liq 6 ta moddalarning qo‘shilayotgani mazkur loyihaga yoshlarning qiziqishini oshirmoqda.
Yoshlar sayli doirasida tashkil etilgan konsert dasturida xushovoz xonandalar hamda so‘z ustalari ishtirok etib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda 3 mingdan ziyod ishtirokchilar qatnashdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab