"Tashabbusli byudjet" loyihasi amalda| To‘raobod MFY ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda

×

 2023-04-17 15:13:04    291

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi vakillari o‘z mahallasida infratuzilmalarni yaxshilash, maktablarni ta’mirlash, jihozlash hamda boshqa tashabbusli loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda faol ishtirok etishmoqda.
Rishton tumanida ham tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. 
Tumandagi To‘raobod mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihaning joriy yildagi ikkinchi mavsumida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishdi. 
Mahalladagi ba’zi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi, yozda chang, qishda loy bo‘lishidek mahalla aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan  muammoga tashabbusli byudjet jarayoni yechim bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joiz, hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash yuzasidan bildirilgan taklifga 10 ming 400 ta ovoz berilib, mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun byudjetdan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. 
Ayni kunlarda mahalladagi 1 ming 300 metrga yaqin ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari olib borilmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab