Rishton tumanida "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazilmoqda

×

 2023-04-01 14:47:06    418

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazilmoqda. Unda poytaxtimizdan kelgan taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari ishtirok etmoqda.Rishton tumani Minor MFYda joylashgan Madaniyat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi. Unda  O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekiston xalqaro adkademiyasi  dosenti tarix fanlari doktori Ra’no O‘rozova, Respublika  ma’naviyat markazidagi IMTI katta ilmiy xodimi falsafa fanlari doktori , O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shaxlo Axrorova, Nixol mukofati sovrdori «Shuhrat” medali sovrindori  Adolat Ismoilova, tuman nuroniylar kengashi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonovlar ishtirok etishib, yangilanayotgan Konstitusiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini ta’kidlashdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari rishtonliklarni 30 aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Mazkur tarixiy voqeaga tumanimizda ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Joylarda aholining barcha qatlamlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab