“MEHR DAFTARI” DAGI YOSHLARGA E’TIBOR
2023-03-31 15:51:28 259
Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 17 yanvardagi 26-sonli qarori qabul qilingan.
Qaror ijrosini ta’minlash borasida Rishton tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kecha tumandagi chin yetim, ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 5 nafariga ko‘mak ko‘rsatildi.
Xususan, 3 nafariga mebel jihozlari va badiy kitoblar to‘plami, 1 nafariga mebel jihozlari va badiy kitoblar to‘plami va noutbuk, 1 nafariga musiqa anjomi topshirildi.
Tuman hokimi "To‘raobod" MFYda yashovchi yoshlarga mebel jihozlari va kitoblar to‘plami, noutbukni o‘z egalariga topshirar ekan, hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi