Tuman Kengashining navbatdagi 53-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2023-03-29 11:33:11 278
Bugun Rishton tumani hokiligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 53-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1-masala: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazilishi munosabati bilan tumandagi referendum o‘tkazuvchi uchastkalari komissiyalari a’zoligiga taklif etilgan nomzodlar tarkibini muhokamasi va tegishli okrug komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun nomzodlar ro‘yxatini tavsiya etish to‘g‘risida;
2-masala: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 fevraldagi “Ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 85-sonli va Farg‘ona viloyat hokimining 2023 yil 10 martdagi 96-11-0-Q/23-sonli qarorlarini ijrosi bo‘yicha belgilangan chora tadbirlar to‘g‘risida axborot;
3-masala: Tuman sektor rahbarlari tomonidan taklif etilgan ijtimoy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish va muammolari hal bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir dapftar” ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida axborot. 4-masala: “Mahalla” xayriya jamoat fondi xuzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidagi mablag‘larni tasarruf etish to‘g‘risida axborot.
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi