“ISTIQBOL” MFYDAGI ICHKI KO‘CHALAR ASFALTLASHTIRILDI

×

 2023-03-27 06:03:05    315

PDF yuklash
Chop etish


✅ Aholi turmush farovonligini oshirish masalasiga strategik yo‘nalish sifatida e’tibor qaratilib, so‘nggi yillarda izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
☸️ Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori mahallalar infratuzilmasini yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qarorga ko‘ra, ko‘plab mahallalarda elektr, suv ta’minoti yaxshilanib, ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida aholiga qulayliklar yaratib berilmoqda.
???? Rishton tumanida ham ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadida asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.  2-sektor hududidagi “Istiqbol” MFYda ham bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.
???? Ushbu mahallaning 500 metrlik ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari olib borildi. Yoz va qish chillasida aynan yo‘llarda duch kelinadigan qiyinchiliklarga barham berilganidan mahalla ahli juda xursand bo‘lishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab