“MAHALLA IFTIXORI” KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN AZIZ RISHTONLIKLAR!

×

 2023-03-23 09:42:56    306

PDF yuklash
Chop etish


Kecha Farg‘ona shahridagi Afrosiyob tantanalar majmuasida 22 mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni nishonlandi. 
Mahalla tizimini rivojlantirish, uning mavqeini mustahkamlash, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi faolligi hamda bu borada erishgan alohida yutuqlari uchun Rishton tumani "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamidaxon Ziyayeva, "Oqtomir" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Adhamjon Oripov, "To‘da" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyorjon Ahrorqulovlar "Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
-???? Bugungi kun hayotimdagi unutilmas kun bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘ksimda “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni taqilarkan, benihoyat ruhlandim, yuksak g‘urur va iftixor tuyg‘usini his qildim. Bu ko‘krak nishoni mening timsolimda mahalladoshlarim, har xonadon ahliga iftixor bag‘ishlashi shubhasiz. Axir, har mahalla go‘yo bir oila. Neki, yutuqlarga erishsak, bu hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz samaradir.Tinch va osoyishta, katta shaharlarga bo‘ylashayotgan qishloqda yashash zavqi mahalladoshlarimiz qalbida shukronalikni yana oshirmoqda”, - deydi “To‘da” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyorjon Ahrorqulov.
☸️ Mukofotlanganlarni samimiy tabriklaymiz, kelgusi ishlariga rivojlar tilaymiz !


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab