Quyi Avazboy MFYdagi xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

2023-03-16 06:20:37 34
❇️ Ayni kunlarda tumanimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
✳️ Xususan, tumanimizning 1-sektor hududidagi Quyi Avazboy mahalla fuqarolar yig‘inida bugungacha suv ta’minoti bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lsa-da, aholiga to‘liq yetib bormagan va bu muammo mahalla ahlining ko‘pchiligini qiynab kelayotgan edi.
✍️ Ayni kunda mazkur muammoni hal etilishi bo‘yicha mahallada amaliy ishlar boshlanib ketdi. Mahallada suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlar ichida 200 dan ortiq xonadonga ichimlik suvi kirib boradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Ishonch telefoni statistikasi
