Keksalar duosi ila yashnagay, bu yurt

×

 2023-03-13 06:19:43    589

PDF yuklash
Chop etish


Farzandlarimiz hayotdagi yo‘llarini topib, o‘zlaridan tinib-tinchib ketgan chog‘ida ham ularni o‘ylayveradigan mehribon xalqmiz. Zero, bolajonligimiz ham ota meros qadriyatlarimizdan. Ammo keksalikning ham o‘z zavqi, o‘z gashti bo‘lishi kerak ekan.

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarining hayot darajasini yaxshilash, salomatligini asrash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga qaratilayotgan e’tibor, bu borada qabul qilinayotgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar endilikda qog‘ozda emas, amalda aks etib, keksa avlod vakillarining jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni va ishtirokini yanada mustahkamlamoqda.
Darhaqiqat, yoshi ulug‘ otaxon-u moʻtabar onaxonlarimizni e’zozlash va ularni qadrlash, ularning hurmatini o‘rniga qo‘yish bizning uzoq asrlik urf-odatlarimiz, milliy an’analarimiz hamda yashash tarzimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylangan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu birinchi navbatda keksa avlod vakillariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish bo‘lsa, ikkinchidan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va tajriba maktabi bo‘ladi.

Respublika ishchi guruhi vakillari Qoshqayron MFYda yashovchi nuroniy otaxon Maxsutali Ahmadjonov xonadonida bo‘lib, ular holidan xabar olishdi. Maxsutali ota va u kishining umr yo‘ldoshi Bisokina ayalar ozod va obod Vatanimizdagi beqiyos o‘zgarishlarni butun vujudi bilan his etib, har qadamda farovon turmushga shukronalar aytib yashayotgan keksalardan. Ular bugun nafaqat mahallada, balki tumanimizning namunali oilalari sirasidan joy olgan. 
Uchrashuv davomida otaxon va onaxon o‘z hayotiy tajribalari, erishgan muvaffaqiyatlari, saodatli oila sirlari haqida barchaga so‘zlab berishdi. Nuroniylarimizning oila tinchligi, totuvligi, qo‘sha qarish sirlariga oid hikoyalari yoshlar uchun hayot maktabi vazifasini o‘tashi tayin.

Faxr bilan aytish mumkinki, biz har bir ishda kattalar maslagiga tayanadigan, kichik bir oilaviy ziyofatdan tortib, to‘ylargacha davralarimiz to‘rini nuroniylarimizsiz tasavvur eta olmaydigan millat vakillarimiz. Shunday ekan, keksalarga bo‘lgan cheksiz hurmatimiz, ular oldidagi bitmas-tuganmas farzandlik burchimiz bizni ular duosini olishga, ularni rozi qilishga undayveradi. Buning yana bir hikmati shundaki, farzandlarimiz ham o‘z-o‘zidan bu an’ananing davomchilariga aylanib, keksalar duosining oltindan qimmat ekanini anglab borishadi. Shuning uchun ham elimiz, yurtimiz keksalar duosi bilan yashnayveradi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab