JURNALISTLAR RISHTONDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHISHDI

×

 2023-03-11 14:08:59    507

PDF yuklash
Chop etish


✍️ Bugun Rishton tumanida Milliy Media assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro milliy media tur o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Rishton tumani hokimi S. Soliyev, Milliy Media assosiasiyasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev boshchiligidagi respublikada faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Media-tur doirasida jurnalistlar dastlab usta-kulol Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasida bo‘lishdi.  U yerda tayyorlanayotgan kulolchilik mahsulotlari va ularning tayyorlash jarayonlari bilan tanishishdiUmuman olganda, tumanimizdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahallalar, xonadonlarda ish boshlagan oilaviy korxonalar faoliyati ham jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

✅ Shuningdek, media-tur ishtirokchilari tumanda tadbirkor Islomjon Orifjonov tomonidan qurilayotgan “Chinor plyus 2020” turistik majmuasi bilan tanishishdi. Oqer MFY hududida joylashgan, qurilish-pardozlash ishlari deyarli yakunlanayotgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 20 milliard so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi. Kelgusi oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari joylashgan bo‘lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda barpo etilayotgan Kulolchilik markazida ham qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab