BUJAY MFY UCHUN YANGI BINO QURILMOQDA

×

 2023-03-09 13:48:12    337

PDF yuklash
Chop etish


✍️ So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratiyaning o‘ziga xos noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan mazkur tuzilma faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahallalar jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Shu ma’noda, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi turmushi farovonligini oshirish, ularning bugungi yashayotgan kunidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan yashashini ta’minlashda mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019 yil 2 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari muhim dasturilamal vazifasini o‘tayotir.
Bugungi kunga qadar tumanimizda ko‘plab mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yangi binolar qurilib, MFY xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. 
Bugun 4-sektor hududidagi Bujay mahalla fuqoralar yig‘ini uchun zamonaviy loyiha asosida yangi bino qurilishi boshlandi. Bugun ishchi guruh vakillari ishtirokida ushbu binoga  tamal toshi kuyilib, qurilish ishlari boshlandi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Iyun 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab