OBODLIK BOR JOYDA HAMISHA BARAKA BO‘LADI

×

 2023-03-06 05:47:06    452

PDF yuklash
Chop etish


???? Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi. Yurtimizda bahor kelishi bilan hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylandi. 
✅ Ma’lumki, azaldan ota-bobolarimiz obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratib kelgan. Albatta, bu ezgu ishlarni amalga oshirishda xalqimizga xos bo‘lgan hasharning o‘rni katta. Shu bois Rishton tumani hududidagi mahallalarda fuqarolar o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla, turar joylar atrofini obodonlashtirish, ozoda va pokizaligini saqlashda faol ishtirok etmoqdalar.
✍️ Ushbu xayrli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad - mahallalar, ariq, yo‘l atroflari, turar joylarning ozodaligiga erishish, ayniqsa, yosh avlod ongida atrof-muhitning tozaligini saqlash ko‘nikmasini shakllantirish, tumanimizning har bir hududi ozodaligi yo‘lida ko‘ngilli ishtirokchilarni keng jalb etishdan iborat.
✳️ Xususan, kecha Rishton tumani Chinigaron MFY hududida joylashgan "Sohibi Hidoya" qabristonida Chinigaron, Gumbaz, M. Topivoldiyev va Dahbed MFY fuqarolari ishtirokida hashar tashkil etildi. 
❇️ Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida 2500 dona terak qalamchalari, 400 dona terak ko‘chati, 60 dona archa va boshqa manzarali daraxtlar ekildi. 
????—  Azaldan xalqimiz asrlar davomida tozalik-ozodalikka qattiq rioya qilib kelgan. Har bir mahalla, har bir oila bu borada boshqalarga ibrat bo‘lishga intilishgan. Tong saharda supurilgan yo‘laklar, yog‘ tushsa yalagudek ko‘chalar hammaning bahri-dilini ochgan, yaxshi kayfiyat ulashgan. Bugungi kunda tumanimizda davom etayotgan obodonlashtirish ishlari barchamizga xo‘sh kayfiyat ulashmoqda. Bunday hasharlar yurtimizga yarashadi, deydi jurnalist, hashar tashkilotchilaridan biri Sherzodjon Siddiqov. 
☸️ Mazkur hashar tadbiriga homiy tomonidan berilgan quy suyilib, hasharchilarga osh qilib berildi. Nuroniy otaxonlar esa bugungi dorulomon kunlarga shukrona aytib duo qilishdi. 

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab