O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan bayram tabrigi

 2023-03-04 14:05:56    399

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli askarlar va serjantlar, ofiserlar va favqulodda vaziyatlar bo‘limi xizmatchilari!

Mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, bugun muhtaram Prezidentimiz rahbarliklari ostida yurtimizda amalga oshirilayotgan oqilona islohot va yangilanishlar jarayonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi ham zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan uddalab kelishmoqda.
Ayniqsa, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan vazirlik tizimida boshlab berilgan tubdan takomillashtirish ishlari, tizim xodimlarining bir yoqadan bosh chiqarib, “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida kunni tun, tunni kun demay sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarini alohida qayd etib o‘tish joizdir.
Shu o‘rinda, yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar jarayonida favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlarining harakatlari alohida e’tirofga sazovordir. 
Ishonch bilan aytish mumkinki, soha faoliyatini takomillashtirish, qutqaruvchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash, vazirlik moddiy- texnik bazasini yanada mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish Davlat tizimining tezkorligi va ishonchliligini oshirish bundan keyin ham faoliyatimizning bosh mezoni bo‘lib qolaveradi.
Barchangizni bugungi sana munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam salomatlik tilayman, sharafli va mashaqqatli kasbingizda hamisha omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

S. Soliyev,Rishton tumani hokimi.

R. Madaliyev,Rishton tumani prokurori.

X. Toshpo‘latov,Rishton IIB boshlig‘i.

D. Rahimov,Rishton DSI boshlig‘i.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab