XITOY DELEGASIYASI RISHTONDA

×

 2023-03-01 14:27:18    299

PDF yuklash
Chop etish


Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyatimizga Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar - Chjan Si va Van Siyaolin hamning ularning yordamchilaridan iborat delegasiya Rishton tumanida bo‘lishdi. Ularga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Mustafoqulov, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbarlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamrohlik qilishdi. 
Delegasiya a’zolari Rishton tumanidagi "Yangi Avlod" MFY Archazor ko‘chasida yashovchi fuqarolar Muqimjon Xuddiyev, Muyassar Teshaboyeva  va  Navro‘z ko‘chasida yashovchi fuqaro Murodjon Shokirovlar xonadonida bo‘lishib, ular bilan suhbatlashishdi.
Shundan keyin xitoyliklar hunarmandchilikni rivojlantirish bilan qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish maqsadida A. Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy korxonalarida bo‘lishdi. Tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab