Tuman hokimi boshchiligida seminar o‘tkazildi

×

 2023-02-28 09:46:31    291

PDF yuklash
Chop etish


Seminarda tuman hokimi elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni hal etishda quyosh panellari va quyosh suv isitgich qurilmalari eng maqbul yechimlardan biri ekanligini aholiga va tadbirkorlarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Esaltib o‘tamiz, quyosh batareyalari — quyosh energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tokiga aylantiradigan fotovoltaik konvertor, ya’ni yarim o‘tkazgichli qurilma bo‘lib, ular maxsus ramkalarga joylanib, quyosh panellarini hosil qiladi. Aniqrog‘i, quyoshdan olingan yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, foydalanishga tayyor holga keltirilgan ramkalardir.
Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasi deb ham ataladi. Chunki u zaxirada quyoshdan yig‘gan energiyasini saqlab turadi va sutkaning istalgan vaqtida undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Uning ishlash tizimiga ko‘ra, Siz foydalanayotgan elektr energiyasi to‘satdan o‘chib qolsa, akkumulyatordagi zaxira energiya avtomat tarzda tarmoqqa ulanadi.  Ortib qolgan energiyani esa, davlat elektr tarmog‘iga uzatib, kunning qorong‘i vaqtida yana o‘sha elektr tarmog‘idan foydalanish imkoni bo‘ladi.
Shunda foydalanuvchi davlat elektr tarmog‘idan deyarli foydalanmagan hisoblanadi. Bu panelni ikki tomonli o‘z hisoblagichi bo‘lib, davlat hisobidan va quyosh energiyasidan umumiy qancha foydalanilganini ko‘rsatib turadi.
Xususan, Rishton tumanida bir necha turdagi - xonadonlar va ko‘cha chiroqlari hamda svetoforlarni quvvatlantiruvchi quyosh panellar o‘rnatildi.  Endilikda qishloq aholisi, fermerlar, tadbirkorlik sub’yektlari, maktab va bog‘chalar, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlarga energiyani quyosh panellari ko‘magida yetkazib berish orqali aholining hayotini yanada farovon qilish rejalashtirilgan.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab