XITOYLIK TADBIRKORLAR RISHTON TUMANIDA

×

 2023-02-25 13:48:16    282

PDF yuklash
Chop etish


Rishton va jahon

Bugun Rishton tumaniga Xitoyning “Urumchi Ov ya Xuo” kompaniyasi vakillari Van Jen Xuo, Yuyen Jen Shi va Chen Sun Zanlar tashrif buyurishdi. ✅ Xitoylik mehmonlarni Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev, tuman hokimi o‘rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Abduqahhor Jo‘raboyevlar kutib olishdi.  
☸️ Tuman hokimligida xitoylik ishbilarmonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. 
❇️ Ushbu uchrashuv xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar kelgusida ham faoliyatini rivojlantirish maqsadida bunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazilishini belgilab oldilar.
✳️ Xitoyning “Urumchi Ov ya Xuo” kompaniyasi kiyim kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Kompaniya vakillari Rishton tumanidagi ham fabrika ochishni rejalashtirishmoqda. Buning uchun dastlabki qadamlar tashlandi. 
???? - Ochig‘ini aytsam, bugungi tashrif men uchun unutilmas bo‘ldi deydi, Van Jen Xuo. – Bizni illiq kutib olgan tuman hokimiga katta rahmat aytaman. Maqsadimiz Rishton tumanida o‘z brendimizni yaratish va dunyo bozorini zabt etishdir. Umid qilamanki, yaqin orada hamkorligimiz o‘z mevasini bera boshlaydi. 
✍️ Mehmonlar shuningdek, “Chinor plyus 2020” turistik majmuasida ham bo‘lib, bu yerdagi jarayonlar bilan tanishishdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab