Mahallada bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov darajasi 93,7 foizni tashkil qiladi

 2023-02-24 13:47:17    180

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanining "Cho‘ng‘ara" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 58-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan. Ushbu qishloqda 1972 yilda bog‘cha tashkil qilinib hech kanday qulayliklarga ega bulmagan binoda faoliyat yuritilib kelar edi. Bog‘cha 60  o‘ringa moslashganligi sababli qamrov 50 %ni tashkil qilgan.2009 yili ushbu bog‘cha ish faoliyati to‘xtatilganligi sababli qishloq bolalari bir necha yillardan buyon maktabgacha talim va tarbiyadan yiroqda bulishdi.  
2021 yil  Davlat dasturi asosida 2.4 mlrd sӯm mablag‘ evaziga qishloqda 120 o‘rinli barcha davlat talablariga ega davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan bunyod etildi. 2022 yil qurib bitkazilib foydalanishga topshirilgan hamma qulayliklarga ega bulgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 120 nafar tarbiyalanuvchilar ta’lim oladi. Mahallada bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov darajasi 93,7 foizni tashkil qiladi.Bolajonlarga 12 nafar pedagog xodimlar  o‘quv mashg‘ulotlari olib borishmoqda.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab