Tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
2023-02-23 18:21:34 245
Bugun Rishton tuman hokimiligi axborot xizmati tomonidan "Rishton tumani mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarda yoshlarga oid dasturlar bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarining samaradorligi" mavzusila ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda tuman hokimi o‘rinbosari, Z. Umarov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari M. Alijonov, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.Muloqot davomida 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-92-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”312-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash,tumanda yoshlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 1590 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. O‘tgan davrda daftarga kiritilgan yoshlardan -108 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi; – 97 nafar yoshlarga kreditlar ajratildi; – 281 nafariga kontraktlari to‘lab berildi; – 260 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari ajratildi;– 344 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun yer maydonlari ajratildi;– 58 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lov;– 76 nafar yoshlarga haydovchilik kurslarida o‘qish uchun to‘lovlar;– 42 nafar yoshlarga davolanish bilan bog‘liq harajatlar 75 nafar yoshga Zamonaviy kelajak kasblariga o‘qitish uchun to‘lovlar; – 283 nafar yoshlarga boshqa yordamlar ko‘rsatilib, ularning bandligi ta’minlandi hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatidan chiqarildi.– 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 71 ta kitob savdo do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi