RASMIY MUNOSABAT

 2023-02-21 13:57:10    244

PDF yuklash
Chop etish


Fuqaro Gʻofurova Sevara Abdumannopovna 03.12.1979 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali. 2004 yilda Dasht Pandigon mahalla fuqarolar yig‘ini xududida yashovchi Gʻofurov Komiljon Vaxobovichga qonuniy nikox bilan turmushga chiqqan, 5 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ya’ni ota-onasining uyi Farovonlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi X.Olimjon ko‘chasi 1-uyda farzandlari bilan ro‘yxatda turadi.Hozirgi kunda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ijarada yashaydi. “Ingliz va rus tillaridan repetitorlik qilib farzandlarini boqaman” deb aytgan. Turmush o‘rtog‘i Gʻofurov Komiljon turmush qurishgandan buyon davlat ro‘yxatidan o‘tib ishlamaydi.Oilaning moddiy ta’minoti kam bo‘lganligi sababli Gʻofurova Sevaraning onasi Sharapova Xanifaxon nomiga 2020 yil iyun-dekabr oylariga Farovonlik mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan moddiy yordam pullari tayinlab berilgan. 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” markazi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilgan.Oilani moddiy ta’minotini yaxshilash va turmush o‘rtog‘ini bandligini ta’minlash maqsadida tuman Bandlikga ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida ko‘rsatilgan manzilga 0.06 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berilgan.Tuman Halq banki orqali imtiyozli kredit asosida 3 bosh qora mol va unga yetarli ozuqa bilan ta’minlangan.  Fuqaro S.Gʻofurova Rishton tumaniga xar zamonda kelib ketishi sababli oilasiga moddiy yordam va oziq-ovqat maxsulotlari berishni imkoni bo‘lmayapti.28.07.2021 yil kuni tuman hokimi S.Soliyev va Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Bekmirzayevalar tomonidan fuqaro S.Gʻofurovaga 2 mln 120 ming so‘m naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam berildi. 02.09.2021 yil kuni tuman “Saxovat va ko‘mak” markazi tomonidan 8 xil turdagi jami 450 ming so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari xonadonga olib kirib berildi.  Bundan tashqari uning shaxsiy plastik kartasiga tuman imom xatiblari tomonidan 15000000 (Bir milion besh yuzming) so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilgan. Shuningdek: Oliy o‘quv yurtida kontrakt asosida o‘qiyotganligi bois Rishton tumanidagi xomiylar xisobidan 5000000 (Besh milion) so‘m naqd pul ko‘rinishida kontrakt to‘lovi uchun berilgan.Fuqaroning to‘ng‘ich farzandi  Vahobov Lazizbek Komiljon o‘g‘li 16 yoshga to‘lganligi bois uning fuqarolik pasporti tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan olib berildi hamda qolgan farzandlarining xujjatlari jamlanib, 18 yoshgacha bo‘lgan nafaqa puli tayinlanishi uchun, tuman pensiya jamg‘armasiga taqdim etildi.Shuningdek: S.Gʻofurovaning qonuniy turmush o‘rtog‘i, 20.09.1979 yilda Dasht-Pandigon MFY Faxriylar ko‘chasi 27-uyda tug‘ilgan, Gʻofurov Komiljon Vaxobovich xozirgi kunda ushbu manzilda ro‘yxatda tursada biroq, xotini bilan Toshkent shaxrida bir-necha yillardan buyon birga yashashligi ma’lum bo‘ldi.  Ma’lum bo‘lishicha xozirgi kunda, Gʻofurov Komiljon Vaxobovich, turmush o‘rtog‘i S.Gʻofurovaning opasi Sharopova Gulchexraning, Farg‘ona shaxridagi dala xovlisida ish yurituvchi blib ishlayotganligi aniqlandi.  Fuqaro: Gʻofurov Komiljon Vahobovich qarib 3 yildan buyon, ota-onasining uyiga kelmasliga va xar qanday marosimlarga xam kelib qatnashmaganligini ma’lum qilamiz.

Rishton tumani Farovonlik MFY raisi    Yu.Xokeldiyeva


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab