"Ixcham issiqxona-tomorqada uch marta hosil olish garovi"

×

 2023-02-18 09:28:15    203

PDF yuklash
Chop etish


Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz yerga daromad va oila farovonligi manbalaridan biri sifatida qarab kelganlar. Shu bois bo‘lsa kerak, xalqimizga ta’rif berilganda uning mehnatsevarligiga alohida urg‘u beriladi.Yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish va oilalarni daromadli qilishning maqbul yo‘li odamlarni ish bilan ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaratish, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada Rishton  tumanida ham aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, ularda el dasturxoni uchun arzon qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni kengaytirishda qator ibratli ishlar olib borilayotgni tahinga loyiqdir.Bugungi kunda dehqonlarmiz ixcham issiqxonalardan yaxshigina daromad olishmoqda. Ular har yili o‘z tomorqasida mashaqqatli mehnat qilib mo‘l ko‘l hosil olayotgan yurtdoshlarimiz oramizda ko‘pchilikni tashkil qilayotganligi ayniqsa, quvonarlidir. Rishton tuman "Yoshlik" MFY istiqomat qiluvchi  Vasilaxon Farmonova ham mirishkor deqkonlarimizdan biridir. Mirishkorimiz yoshligidan dehqonchilik sir-sinoatlarini o‘rganib yerga va dehqonchilikka mehr qo‘ygan. Bugungi kunda o‘z xonadonidagi issiqxonaning 1 sotixidan 20 million so‘mgacha daromad olmoqda. - Yaxshi mehnat qilinsa, tomorqalar va yer uchastkalaridan yanada samaraliroq foydalanib, olinayotgan hosil va daromadlarni 2-3 martagacha oshirish mumkin. Chunki, bizning iqlim sharoitimiz yil davomida dehqonchilik qilish imkonini beradi. Men ham o‘zimning ixcham issiqxonamda mumay daromad olyapman, deydi suhtatdoshimiz. Ushbu mahallada tomoqachilikni rivojlantirish uchun hokim yordamchisi Qobiljon Fozilov tomonidan ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, shu kunga qadar 57 ta xonadonga imtiyozli kredit asosida issiqxona qurib berildi. - Bugungi kunda tomorqachilikning rivojlanishi odamlarning yaxshi turmush kechirishi, qo‘shimcha daromad olish, oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligiga erishish, oilalarning moddiy ta’minotini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Agar har bir oila o‘z tomorqasidan unumli foydalansa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘zini-o‘zi to‘la ta’minlaydi. Natijada uni bozordan sotib olishga ketadigan mablag‘ni boshqa ehtiyojlariga ishlatish mumkin. Qolaversa, o‘z ehtiyojidan ortib qolgan mahsulotni bozorga chiqargan oilaning moddiy ahvoli yanada yaxshilanadi, - deydi “Yoshlik” MFY hokim yordamchisi Qobiljon Fozilov.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab