Tashabbusli byudjet: “Voxim” mahallasidagi elektr taʼminoti yaxshilanmoqda

×

 2023-02-11 09:54:26    389

PDF yuklash
Chop etish


✅ Rishton tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti. Mazkur loyihada oʼz tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yoʼl, ichimlik suv, elektr taʼminoti bilan bogʼliq muammolar bosqichma-bosqich oʼz yechimini topmoqda.
☸️ «Voxim» mahalla fuqarolar yigʼini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, koʼplab tashabbuslarining gʼoliblar qatoridan oʼrin olishiga erishishdi.Hududdagi aholini uzoq yillardan beri elektr taʼminoti muammosi qiynab kelardi. Bu esa aholining haqli eʼtiroziga sabab boʼlardi. Ushbu muammoga esa tashabbusli byudjet jarayoni yechim boʼlmoqda.
???? Mahalla aholisini elektr taʼminlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish uchun 1 mlrd 100 million soʼm mablagʼ ajratilib, yangi transformator hamda tayanch ustunlari oʼrnatish ishlari boshlab yuborildi. Tarmoq tortish ishlari yakunlangandan soʼng, mazkur mahallaga transformatorlar ham oʼrnatiladi. Olib borilgan ishlar natijasida hududdagi elektr taʼminoti yaxshilanib, xonadonlarga sifatli elektr energiyasi uzatiladi.
Loyiha doirasida belgilangan bunyodkorlik ishlari mahallada davom etmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab