Navbatdagi sessiyada "Yoʼl xaritalari" tasdiqlandi

×

 2023-02-06 15:07:21    326

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 51-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʼrib chiqildi.
✅ Rishton tuman xokimi S.Solievning “tumanning 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” boʼyicha dastur ijrosi, kelgusidagi vazifalar toʼgʼrisidagi hisoboti va 2023 yilga moʼljallangan tuman “Yoʼl xaritasi”ni tasdiqlash.
✅ Rishton tumanida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha hisobotlari va 2023 yilning 1-yarim yilligi uchun “Yoʼl xarita” larini tasdiqlash.
✅Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha “Oqtomir” va “Yoshlik” MFY hokim yordamchilarini 2023 yil yanvarь oyidagi faoliyati samaradorligi toʼgʼrisida axborot.
✅ Tuman IIB boshligʼi X.Toshpulatovning “tumanda jinoyatchilikka karshi kurashish, uni oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash” borasida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi hisoboti.
✅ Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha 2022 yilda belgilangan vazifalarni ijrosi hamda 2023 yilga moʼljallangan «Yoʼl xarita» ni tasdiqlash
✅ Rishton tumanida 2022 yil davomida «jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar»ni moliya-lashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlar natijalari hisoboti.
✅ Rishton tuman mahalliy byudjetining 2023 yil boshida shakllantirilgan erkin qoldiq mablagʼlari miqdori va ularni sarflanish yoʼnalishlari toʼgʼrisida axborot. 
✅ Kam taʼminlangan, ijtimoiy koʼmakka muhtoj boʼlganfuqarolarni (oilalarni) “Temir daftar” roʼyxatiga kiritish va muammolari hal boʼlgan fuqarolar (oilalar)ni roʼyxatdan chiqarish hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondini tumandagi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasiga tushgan mablagʼlarni tasarruf etish toʼgʼrisida axborot
✅ Boshqa masalalar:
Sessiya davomida muzokara uchun soʼz olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʼz fikr va mulohazalarini bildirib oʼtishdi. 
Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab