Tuman hokimi maktablardagi isitish tizimlarining barqarorlik holatini oʼrgandi

×

 2023-01-21 14:30:31    276

PDF yuklash
Chop etish


✅ Yurtimizning har bir hududida kuzgi va qishki mavsumga tayyorgarlik koʼrish borasida keng koʼlamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi mavsumga tayyorgarlik koʼrish sifatini oshirish maqsadida Rishton tumanida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 
✳️ Rishton tumani hokimi bugun tumandagi 7- va 58 -umumiy oʼrta taʼlim maktablarida boʼlib, mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalarning shayligi, sinfxona va kabinetlarning isitish tizimi, yaʼni batareyalarning yaroqliligi qay ahvolda ekanligi tekshirdi. Аyni vaqtda maktab binosida qish fasli munosabati bilan barcha sharoitlar tayyorlangan. Sinf xonalari issiq.
???? - Taʼlim muassasalarida oʼquvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, oʼqituvchilarning oʼquvchilarga sifatli bilim berishini nazorat qilish maktab rahbarlaridan talab qilinadi. Oʼquvchilar sovuq xonalarda oʼqimasligi kerak,-deydi tuman hokimi. 
???? Shuningdek, qish fasli munosabati bilan barcha zaruriy ishlar amalga oshirilishi boʼyicha tuman hokimi tomonidan taʼlim mutasaddilariga tushuncha va tavsiyalar berdi. 
✍️ Qishning har bir kuni sinovdir. Qish faslini betalafot oʼtkazish esa uning «imtihon»lariga qanchalik puxta hozirlik koʼrilganiga bogʼliq. Buni nafaqat mutasaddi idoralar masʼullari, balki har birimiz bir zum boʼlsada, yoddan koʼtarmasligimiz, tayyorgarlikni puxta qilishimiz kerak. 

Rishton tumani hokimligi
Аxborot xizmati


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab