Hokimlik qabuli: Har bir murojaat – eʼtiborda!

×

 2023-01-19 13:58:57    412

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli oʼtkazildi. Qabulda muammosi va murojati boʼlgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tinglandi.Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimiva sektor rahbarlari boshchiligida hokim oʼrinbosarlari, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida elektr energiyasi, ish bilan taʼminlash, kontrakt toʼlovini toʼlashda amaliy yordam berish va gazbalon bilan taʼminlash bilan bogʼliq 25 ta murojaatlar kelib tushdi.Muammolar boʼyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʼrildi. Murojaatlarning 10 tasi shu joyning oʼzida hal etilgan boʼlsa, 12 ta masalaga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan masalalar ijroga qaratildi.Taʼkidlangandek, har bir murojaat asoslicha oʼrganilib chiqiladi va qonuniy yoʼl bilan yechimini topadi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab