TUMАN HOKIMI MUROJААTI
2023-01-16 14:26:33 242
Rishton tumani hokimi Sufhonjon Solievning qish mavsumini betalafot oʼtkazish, anomal sovuq ob-havo sharoitida aholi murojaatlarini tezkor hal qilishga qaratilgan tadbirlarni tizimli davom ettirish yuzasidan MUROJААTI
Аssalomu alaykum, aziz rishtonliklar!
Guvohi boʼlayotganimizdek, bu yilgi qish mavsumi nisbatan sovuq kelib, butun mamlakatimizda anomal harorat kuzatilmoqda. Bu esa, mavsumni betalafot oʼtkazish, aholi murojaatlarini tezkor hal qilishga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni tizimli davom ettirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, sektor rahbarlari hamda kommunal soha tashkilotlari zimmasiga yanada masʼuliyat yuklaydi.Taʼkidlash kerakki, kuz-qish mavsumi davomida aholidan kelib tushadigan murojaatlarni operativ ravishda bartaraf etish choralarini belgilovchi va amalga oshiruvchi uzluksiz navbatchilik shtabi tuman hokimligida tashkil etilgan boʼlib, shu kunga qadar shtabga 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan hamda ularning barchasi oʼrnatilgan tartibda ijobiy hal etilgan.Shu kunlarda Respublika boʼyicha anomal sovuq harorat davom etayotgani sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obʼektlariga yetkazib berish choralari koʼrilmoqda.Jumladan, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz toʼldirish shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha toʼxtatildi. Bu vaqt davomida avtobenzin va dizelь yoqilgʼisiga talab sezilarli darajada ortishi tabiiy. Ehtiyojni toʼliq qondirish maqsadida ushbu mahsulotlar, mavjud zaxiralar hisobidan, qoʼshimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi.Biz – sektor rahbarlari soliq va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda tumanimiz hududida mavjud benzin quyish shoxobchalarida barcha turdagi avtobenzin mahsulotlarining davlat narxlarida sotilishi boʼyicha qatʼiy nazorat oʼrnatamiz. Shuningdek, bu mahsulotlarning noqonuniy savdosiga qarshi, belgilangan tartibda, tezkor-reyd tadbirlarini olib boramiz. Bundan tashqari, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi belgilangan reja-jadval asosida, tizimli davom etishi ham doimiy eʼtiborimizda boʼladi.
Hurmatli vatandoshlar!
Havo harorati keskin sovugan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni, zarurat boʼlmaganda, uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni iltimos qilib, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼrayman.Аgar siz avtobenzin mahsulotlarining sotilishida qandaydir cheklovlar joriy etilgani, narxning asossiz oshirilgani yoki bu mahsulotlarning noqonuniy savdosiga duch kelsangiz, zudlik bilan tuman hokimligida tashkillangan markaziy shtabga (73) 452 51 75 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Murojaatingiz oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi va tegishli tartibda bartaraf etilishini kafolatlayman.
Hurmatli tumandoshlar!
Noqulay ob-havo sharoitida yashash xonadoningizdagi gaz va elektr isitish anjomlaridan foydalanishda yongʼin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qiling; isitish anjomlarining dudburolarini nazorat qilib turing. Xonada gaz hidini sezsangiz, elektr jihozlarini yoqmang. Аgar yoniq boʼlsa, oʼchirmang va xonani shamollatish choralarini koʼring; favqulodda vaziyatlar, jumladan is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlarning oldini olishda oʼz hushyorligingiz bilan hissa qoʼshing; yongʼin yoki boshqa favqulodda vaziyat sodir boʼlganda, zudlik bilan 101 yoki (73) 452-10-54 raqamlariga qoʼngʼiroq qiling.Oʼzingiz va oila aʼzolaringizning salomatligiga beeʼtibor boʼlmang!
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi