Bayram tabrigi

×

 2023-01-13 14:45:16    206

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimi S.Solievning Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli askarlar, serjant va ofitserlar hamda Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!
Аvvalo, barchangizni Oʼzbekistonimiz hayotidagi qutlugʼ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 31 yilligi bayrami bilan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysizlar!Аyni vaqtda bu bayram tadbirlari har bir hududda, har bir harbiy qismlarda alohida nishonlanmoqda.Dunyoda sharafli kasblar koʼp, ular orasida eng sharaflisi oʼz ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilishdir.Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab oʼgʼlonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yoʼlda erishgan eng katta yutugʼimizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz gʼurur bilan, minnatdorchilik bilan eʼtirof etmoqda.Hozirgi kunda onalar oʼz farzandlarini armiyaga koʼzda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening oʼgʼlim haqiqiy Vatan himoyachisi boʼladi, deb, yuksak ishonch va faxr tuygʼusi bilan kuzatmoqda.Xususan, harbiy xizmatni oʼzining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb bilgan oʼgʼlonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom koʼrsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Qadrli Vatanimiz himoyachilari!
Mana shu qutlugʼ kunda Sizlarni bugungi bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.Xalqimizga munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan qurolli kuchlar yaratish yoʼlida olib borilayotgan ishlaringiz bardavom boʼlsin.Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sogʼliq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xizmatlaringizda oʼlkan muvaffaqiyatlar tilayman. Chegaralarimiz daxlsiz, osmonimiz musaffo boʼlsin.
Yana bir bor bayramingiz muborak boʼlsin, aziz Vatan himoyachilari!


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab