Vatan himoyachilari kuni tumanimizda ham munosib nishonlandi
2023-01-13 14:06:14 231
✅ Bugun tuman hokimligi, maʼnaviyat va maʼrifat tuman boʼlimi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tuman madaniyat markazida tadbir boʼlib oʼtdi.
✳️ Tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi S. Soliev Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari bayrami munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etdi.
???? - Аvvalo, barchangizni Oʼzbekistonimiz hayotidagi qutlugʼ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 31 yilligi bayrami bilan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysizlar! Аyni vaqtda bu bayram tadbirlari har bir hududda, har bir harbiy qismlarda alohida nishonlanmoqda. Dunyoda sharafli kasblar koʼp, ular orasida eng sharaflisi oʼz ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilishdir. Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab oʼgʼlonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yoʼlda erishgan eng katta yutugʼimizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz gʼurur bilan, minnatdorchilik bilan eʼtirof etmoqda, - dedi tuman hokimi tabrik nutqida.
???? Shundan soʼng oʼz sohasida sadoqat, matonat, fidoyilik koʼrsatgan faol xodimlarga tuman hokimligining qimmatbaho sovgʼalari, faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Аna shunday mukofotlarga tantanali tadbirga taklif etilgan ichki ishlar, mudofaa ishlari, chegara qoʼshinlari faollari va boshqa vakillar ega boʼlishdi.
✍️ Tadbir davomida bayram ishtirokchilariga tuman madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi. Ushbu bayram dasturi barchaga xush kayfiyat bagʼishladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi