“Oqtomir” MFYda 7 ming 600 metr ichimlik suv tarmogʼi tortilmoqda

×

 2023-01-11 14:25:55    336

PDF yuklash
Chop etish


☸️ Rishton tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
✳️ Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida hududlarda salmoqli ishlar boshlab yuborildi. 
???? Tumandagi Oqtomir mahallasida ham ichimlik suv taʼminoti bilan bogʼliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.
✍️ Аyni vaqtda qishloq hududida 7 ming 600 metr ichimlik suv tarmogʼi tortish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar natijada hududdagi 500 dan ortiq xonadonga toza ichimlik suvi kirib boradi.
???? Tumandagi barcha mahallalarda hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari davom etmoqda.


Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab