Raisning tashabbusi bilan nochor oilaga yangi uy qurib berilmoqda

×

 2023-01-10 13:41:49    204

PDF yuklash
Chop etish


???? Xalqimizning ezgu qadriyatlari koʼplab oʼksik qalblarga shodumonlik ulashmoqda. Qiynalganlarga koʼmak berish, koʼnglini koʼtarish, ogʼir damlarda suyanchiq boʼlish xalqimizga xos fazilatlardan. Bu qadim anʼnalar keyingi yillarda yanada quloch yoymoqda, yangi tashabbuslar, saxovatli amallar qoʼllab-quvvatlanyapti. 
✳️ “Qoshqayron” MFY raisi Dilmurod Hamraev tashabbusi bilan ushbu mahallada yashovchi ehtiyojmand oilalardan biri boʼlgan Baxtiyorjon Аhmedovga har tomonlama qulaylikka ega boʼlgan yangi uy qurib berilmoqda.Bundan ikki oy oldin kuchli yomgʼir yogʼishi oqibatida ushbu fuqaroning uyi ayanchli avholga kelib qolgandi. MFY raisi tashabbusiga koʼra, ushbu oilani ijtimoiy-moddiy qoʼllab-quvvatlash uchun xayr-sahovat mablagʼlari va hashar yoʼli orqali uy qurib berish fikri paydo boʼldi.
✍️ Tabiiyki, mazkur tashabbus mahallada yashovchi saxovatli insonlar tomonidan toʼliq qoʼllab-quvvatlandi va barcha qulayliklarni oʼzida mujassam etgan uy loyihasi tayyorlandi. Shundan keyin xayr-sahovat mablagʼlari va hashar yoʼli orqali uy qurilish ishlari olib borilib, tuman hokimligi, mahalla ahli va xomiylarning yordami bilan yangi uy qurib berilmoqda. 
 ???? - Qurilish ishlarini mahalliy ustalarimiz olib borishmoqda, - deydi “Qoshqayron” MFY raisi. – Mahallamizning tajribali quruvchilari beton quyish, uy devorini koʼtarish, tomning ustini yopish, pol-patolok qoqish, eshik va deraza romlarini oʼrnatish ishlarini olib borishdi. Natijada, mahallamizda chiroyli uy qad koʼtarmoqda. 
???? - Bunday koʼmakdan boshimiz osmonga yetdi, - deydi uy egasi Baxtiyorjon Аhmedov quvonchini yashiraolmay. -“Mahallang - ota-onang” deb bejiz aytilmagan ekan. Mahallamiz raisi boshliq mahalla faollari, bizga yordam qoʼlini choʼzgan mahalladoshlarimiz va ayniqsa tumanimiz rahbarlaridan cheksiz minnatdormiz. Begʼubor zamonda shunday bagʼri keng insonlar orasida baxtli yashayotganimizdan mamnunmiz.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab