RАSMIY MUNOSАBАT

 2023-01-06 16:20:56    565

PDF yuklash
Chop etish


“Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan Rishton tumanining “Xojiqishloq” mahalla fuqarolar yigʼiniga bagʼishlagan “Muammo hal boʼlmadi” nomli videolavha yuzasidan Rishton tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi. Oʼtgan 2022 yilning 22 yanvarь kunida Xoji qishloq mahalla fuqarolar yigʼini fuqarolar tomonidan yoʼllarni shagʼallashtirish va elektr taʼminoti masalasida murojaat qilishgan edi. Ushbu murojaatga asosan, tuman hokimi ikchi koʼchalarni shagʼallashtirish ishlari uch kunda hal etishini taʼkidlagan edi. Vaʼda berilganidek, oradan uch kun oʼtib, 25 yanvarь kuni tuman hokimining tashabbusi bilan ushbu mahallaning 2 kmdagi ichki koʼchalarida shagʼallashtirish va yaroqsiz sim uzatgichlar oʼrniga yangi temir biton tayanchlari oʼrnatish ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayonlar bilan tanishish maqsadida hatto jurnalistlar uchun press tur ham tashkil etilgandi. Unda mahalla fuqarolari tuman mutassadilariga minnatdorchilik izhor etishgan edi. 
Umuman olganda, keyingi yillarda tumanimizning barcha joylarida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yoʼllar qurish, mavjud yoʼllarni taʼmirlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yoʼnalishda ham tumanimizda salmoqli ishlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.Fuqarolarning ikkinchi masala elektr taʼminotini yaxshilash borasidagi murojaatlari aytilgan muddatdan biroz kechikdi. Buning oʼziga xos sabablari mavjud boʼlib, bu borada tuman elektr tarmoqlari korxonasi quyilarini maʼlum qildi. Rishton tumanining “Xojiqishloq” mahalla fuqarolar yigʼini hududi 10 kVli “Uyrat” elektr uzatish tarmogʼiga ulangan 136-sonli tranformator punkti orqali elektr energiyai bilan taʼminlanadi.Ushbu hududni elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida Rishton tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan hududdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda mavjud elektr qurilmalar toʼliq koʼrikdan oʼtkazilgan va Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan, 2022 — 2026 yillarga moʼljallangan 72-sonli Qarorga muvofiq dasturga kiritilgan.Loyihaga koʼra, hududdagi mavjud 136-sonli transformator punktiga qoʼshimcha 1 dona quvvati 250 kVА boʼlgan yangi transformator punkti, 110 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlar oʼrnatilishi, 3,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʼini qurish rejalashtirilgan.
Mutaxassislar tomonidan shu kunga qadar hududga yetkazilgan 104 dona yangi temir-beton tayanchlari oʼrnatilgan hamda mazkur jarayon bosqichma-bosqich davom etmoqda.Tez orada yuqorida taʼkidlab oʼtilgan loyihaga koʼra rejalashtirilgan amaliy ishlar yakuniga yetkizilib, yangi tarmoq toʼliq foydalanish uchun isteʼmolchilarga topshiriladi.
Bundan tashqari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda ushbu hududdagi isteʼmolchilar tomonidan koʼchaning tashqari tomoniga yaʼni oʼz xonadonidan belgilangan qismidan tashqarisiga ekilgan daraxtlarni kesishda muammolar yuzaga kelib, ushbu hududda qurilish-montaj ishlari amalga oshirishda toʼsqinliklarga sabab boʼlib, bajarish muddatiga oʼz taʼsirini oʼtkazdi. Ushbu muammolardan 2-sektor rahbari tuman Prokurori xabardor boʼlgach, muammolar sektor rahbari tomonidan joyiga borib, ijobiy hal qilib berildi. Аyni damda ushbu mahallada ishlar yakuniga yetkazilmoqda. Tez orada Qahramon koʼchasida yashovchi fuqarolarning ikkinchi murojaati ham ijobiy hal etiladi. 
Shuni qoʼshimcha qilish joizki, “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan ushbu lavha 2022 yilning noyabrь oyida tasvirga olingan boʼlib, oradan shuncha vaqt oʼtib efirga uzatildi. Shu bois, fuqarolarning tomonidan bildirilgan fikrlarning ayrimlari 5 yanvar kuni efirga uzatilgan videolavhadagi soʼzlar bugungi jarayonlarga toʼgʼri kelmaydi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab