QIShKI TА`TIL MАZMUNLI OʼTMOQDА

×

 2023-01-06 15:26:51    452

PDF yuklash
Chop etish


Qishki taʼtil kunlari oʼquvchilarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, madaniyat maskanlari, muzey va teatrlarga xavfsizlikni taʼminlagan holda olib borilishiga, umumtaʼlim muassasalarida turli toʼgaraklar tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, taʼtil kunlarining har bir kuni oʼquvchi-yoshlar uchun qiziqarli, shu bilan birga, bilimini boyitish, sogʼlomlashtirish, isteʼdod va qobiliyatlarini mustahkamlashda foydali boʼlgan mashgʼulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan oʼtkaziladi. Jumladan, har bir kunga nom berilib, shu asosda tadbirlar tashkillashtirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5 va 6 yanvarь kunlari Rishton tumanida joylashgan 49-umumtaʼlim maktabida ham sport toʼgaraklari tashkil etilib, koʼplab sportga qiziqishi baland yoshlarni oʼz bagʼriga chorladi. Ushbu maktabda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagʼishlangan voleybol boʼyicha sport musobaqasi oʼtkazildi. Musobaqada 16 va 35 yoshgacha boʼlgan oʼquvchilar va oʼsmirlar ishtirok etishdi. Turnir yakunida gʼolib jamoalar Yuqori Beshkapa MFY raisi Zafarjon Abdurahmonov va maktab maʼmuriyatining esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek fan toʼgaraklari ham bolajonlar uchun ishlab kelmoqda. Bolajonlarning qiziqishi yuqori ekanligini koʼrgan ota-onalar tashkilotchilariga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.

Rishton tumani hokimligi
axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab