Rishton tumanida Yangi yil bayrami tadbirlari avjida

×

 2022-12-30 11:35:55    293

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami Rishton tumanida ham oʼziga xos koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda. 
Tuman aholisi, ayniqsa yoshlar va jajji kichkintoylarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tuman markaziga oʼrnatilgan Yangi yil archasi atrofidagi bayram tadbirlari barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Bezatilgan archa atrofida Qorbobo, Qorqiz, turli ertak qahramonlari bolajonlarning quvonch va shodliklariga sababchi boʼlishmoqda. Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, madaniyat boʼlimi va yosh ijodkorlar tomonidan kontsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, tumandagi barcha maskanlarda, mahallalar va goʼshalarda Yangi yilga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. 
Bayram archasi atrofidagi Yangi yil tomoshalari 2023 yilning 10 yanvariga qadar davom etishi belgilangan.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab