Yangi yil bayrami arafasida 100 dan ziyod ehtiyojmand oilaga saxovat yordami koʼrsatildi

×

 2022-12-30 08:40:33    192

PDF yuklash
Chop etish


✅ Yangi yil bayrami arafasida Rishton tumanida yolgʼiz keksalar, boquvchisini yoʼqotgan, kam taʼminlangan oilalar, nogironlar, bemorlar holidan xabar olinib, ularga moddiy koʼmak berilmoqda.
☸️ Bayram kunlarida ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashish maqsadida xayrli tadbir amalga oshirildi. Tuman hokimi boshchiligidagi hokimlik vakillari, mahalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat yuritayotgan beshdik tomonidan nuroniylar va ijtimoiy koʼmakka muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy-maʼnaviy yordam koʼrsatilmoqda.
✍️ Kecha kam taʼminlangan, nogironligi boʼlgan, boquvchisini yoʼqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan 100 dan ziyod xonadonga 10 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bu kabi xayrli tadbirlar orqali boquvchisini yoʼqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga quvonch ulashilmoqda. 
✅ Fuqarolarimiz bayram kunlarida ana shunday ezgu ishlarga bosh qoʼshgan saxovatpesha insonlarga samimiy minnatdorlik bildirib, oʼz duolarida el-yurtimizga tinchlik, yurtdoshlarimizga omonlik, Yurtboshimizga mustahkam salomatlik tiladi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab