TEXNIKА DEHQONNING QАNOTI

×

 2022-12-27 16:26:37    661

PDF yuklash
Chop etish


 Bu gap bejiz emasligini dehqonchilikdan xabardor inson yaxshi biladi. Markaziy MMTPdan chopiq traktorlarini mavsumga qabul tadbirida ham bu gap bot-bot takrorlandi.  Rishton tumanidagi mavjud chopiq traktorlari toʼliq taʼmirdan chiqarildi. Viloyat hokimining tashabbusi bilan mana ikkinchi yildirki, texnikalar koʼrikdan oʼtkazilib, nufuzli komissiya tomonidan qabul qilib olinadi.  Tuman sektor rahbarlari, fermerlar, mexanizatorlar, qishloq xoʼjaligiga dahldor tashkilotlar mutassaddilari ishtirokidagi yigʼinda tuman hokimi dehqonchilik yili yakunlari, hozirda olib borilayotgan ishlar, kelgusida sotib olinishi koʼzlangan qishloq xoʼjaligi texnikalari haqida batafsil gapirdi.  Viloyat hokimining qishloq xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Аlibek Tursunov 2022 yilda tumanimizda erishilgan natijalarni eʼtirof etib, paxtachilikda Rishton tajribasi iborasi qoʼllanilishi ortida katta mehnat yotganini aytdi.  -Markaziy Fargʼona yerlarida dehqonchilik qilib, viloyatda karvonboshilik qilish katta gap,--dedi А. Tursunov.- Viloyat hokimi sizlarni erishgan yutuqlaringiz bilan tabriklab, minnatdorchiligini yetkazishni soʼradi. Bugungi Rishton fermeri yangilikka intiluvchan, oʼz ustida ishlovchi kishilardir. Paxtaning 70 foiz mehnati texnika bilan. Shunday ekan, bugungi taʼmir, mexanizatorga yaratilgan sharoit muhim rol oʼynaydi.  Viloyat IIBB boshligʼi, polkovnik Muhiddin Joʼraev rishtonliklarni erishgan yutuqlari bilan qutlab, yangi yilda bundanda, yaxshi natijalar boʼlishini tiladi.  Xatmi qurʼon oʼqilib, duolar qilindi. Yaxshi niyatda jonliq soʼyildi.  Mexanizatorlarga ikki million soʼmdan ish haqi, qimmatbaho sovgʼalar tarqatildi.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab