Тashabbusli byudjet: Qoshqayron mahallasidagi elektr taʼminoti yaxshilanmoqda

×

 2022-12-24 16:16:47    233

PDF yuklash
Chop etish


❇️ Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholini byudjet mablagʼlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish hamda aholi va mahalliy hokimiyat organlari oʼrtasida konstruktiv muloqot oʼrnatish va ochiq maydonchalarni tashkil etish orqali ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi ishtirokini faollashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu fuqarolar manfaati va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlari asosida byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish vositasidir.
✅ Rishton tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti. Mazkur loyihada oʼz tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yoʼl, ichimlik suv, elektr taʼminoti bilan bogʼliq muammolar bosqichma-bosqich oʼz yechimini topmoqda.
☸️ «Qoshqayron» mahalla fuqarolar yigʼini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, koʼplab tashabbuslarining gʼoliblar qatoridan oʼrin olishiga erishishdi.Hududdagi aholini uzoq yillardan beri elektr taʼminoti muammosi qiynab kelardi. Bu esa aholining haqli eʼtiroziga sabab boʼlardi. Ushbu muammoga esa tashabbusli byudjet jarayoni yechim boʼlmoqda.
???? Bugun qoshqayronliklar yangi yilni uzgacha shukuh bilan qarshi olishmoqda. Mahalla aholisini elektr taʼminlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish uchun 1 mlrd 200 million soʼm mablagʼ ajratilib, yangi transformator hamda tayanch ustunlari oʼrnatish ishlari boshlab yuborildi. Tarmoq tortish ishlari yakunlangandan soʼng, mazkur mahallaga transformatorlar ham oʼrnatiladi. Olib borilgan ishlar natijasida hududdagi elektr taʼminoti yaxshilanib, xonadonlarga sifatli elektr energiyasi uzatiladi.
???? - “Tashabbusli byujdet” loyihasi aholimizni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda hamjihatlik bilan harakat qilishni, jamoaviy qarorlar qabul qilishni, birgalikda harakat qilib maqsadga erishish uchun faol ishtirok etish va davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan yanada samaraliroq foydalanishni oʼrgatdi, deydi mahalla faolaridan biri Zohidjon Zohidov. 
Loyiha doirasida belgilangan bunyodkorlik ishlari mahallada davom etmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab