Dehqonobod MFY: Ravon yoʼllar-obod manzillar

×

 2022-12-24 09:59:41    218

PDF yuklash
Chop etish


✳️ Mamlakatimizda qishloqlar va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, xalqimizning hech kimdan kam boʼlmagan holda hayot kechirishini taʼminlash borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✍️ Islohotlar natijasida qishloq joylarda koʼplab zamonaviy ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatish va servis korxonalari, taʼlim val tibbiyot muassasalari bunyod etilmoqda. Kommunikatsiya tarmoqlari bugungi kun talablari darajasida yangilanmoqda. Qishloqlarimizda naʼmunaviy loyihalar asosida barcha shart-sharoit va imkoniyatlarga ega uy-joylar qurilib, aholiga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida berilishi aholi turmush darajasining yuksalishiga xizmat qilmoqda.
☸️ Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz farovon boʼladi, degan ezgu maqsad yoʼlida olib borilayotgan bunday keng koʼlamli bunyodkorlik ishlari samarasida bugun qishloqlar shahar bilan boʼylashmoqda. Shahar va qishloq oʼrtasidagi tafovut tobora yoʼqolib bormoqda. Joriy yilda bu boradagi ishlar yana ham keng miqyosda davom etayotir.
✅ "Dehqonobod" mahallasi fuqarolari tomonidan ichki koʼchalarni shagʼallashtirish yuzasidan murojaat qilingan edi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 408-sonli Qaroriga muvofiq, ichki koʼchalar shagʼalashtirildi.
???? – Koʼchamizning nosozligi nafaqat mashinalarning, balki aholining ham harakatlanishida, qolaversa, yogʼin-sochinli kunlarda ayniqsa, bolalarimizning maktabga borishida qiyinchilik tugʼdirayotgan edi, – deydi mazkur koʼchada yashovchi fuqaro Qobiljon Zokirov . – Tumanimiz rahbarlari saʼy-harakatlari natijasida koʼchamiz qayta taʼmirlandi. Bu esa koʼchamizda yashovchi fuqarolarning kayfiyatini koʼtarmoqda.
❇️ Darhaqiqat, yoʼllar ellarni-ellarga, manzillarni-manzillarga tutashtiruvchi muhim vositadir. Davlatimiz tomonidan yoʼl qurilishi sohasiga qaratilayotgan jiddiy eʼtibor hududlarni obodonlashtirish, yoʼlovchi va haydovchilarga birdek qulaylik yaratish, odamlarning mushkuli oson, turmush darajasi esa yanada farovon boʼlishiga xizmat qiladi, albatta.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab