Eski koʼprik oʼrnida yangisi barpo etilmoqda buning uchun 2.5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratildi

×

 2022-12-22 09:43:12    308

PDF yuklash
Chop etish


 ???? “Jahonobod” mahalla fuqarolar yigʼinida shu kungacha koʼp yillik bir muammo va tashvishlari mavjud edi. Bu ham boʼlsa qishloqdagi eski, yaroqsiz holga kelib qolgan koʼprik masalasi boʼlgan.
✳️ Mahalla ahli shu yilning aprel oyida ushbu muammo yuzasidan tuman hokimi qabulida boʼlib, mavjud vaziyatni tushuntirishdi. Holatni oʼrganib, masalani ijobiy yechishda koʼmak soʼrashdi. Koʼp oʼtmay, tuman rahbari murojaat asosida tegishli mutasaddilar bilan qishloqqa tashrif buyurib, koʼprikning holatini koʼzdan kechirdi. 
✅ Ushbu murojaatni ijobiy hal etish maqsadida berilgan koʼrsatma-topshiriq va koʼrilgan zaruriy chora-tadbirlar natijasida eski koʼprikni butkul buzib tashlab, oʼrniga yangi, keng va mustahkamini qurish ishlari belgilanib, amaliy ishlar boshlanib ketdi. 
☸️ Аyni kunlarda “Jahonobod” va “Suxobod” qishloklari aholisini tuman markazi bilan bogʼlab turuvchi yulida Katta Fargʼona kanali ustiga qiymati 2.5 mlrd. soʼm boʼlgan koʼprik barpo etilmoqda.
???? - Mana, keng va mustahkam koʼprikka ega boʼlyapmiz. Qishlogʼimizning yoshu-qarisi shu birgina yangi koʼprik misolida bugun yurtimizdagi barcha islohotlar inson qadri uchun ekanligini his qilib, shukrona aytishmoqda, - deydi mahalla fuqarolar yigʼini raisi Rasuljon Ibragimov .


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab