“Murojaatnoma”dan keyingi mulohazalar: Taʼlimdagi islohotlar — hayotiy zarurat

×

 2022-12-21 10:18:13    445

PDF yuklash
Chop etish


Kecha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga va xalqqa navbatdagi Murojaatnomani yoʼlladi.Ushbu Murojaatnoma yangi Oʼzbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Аvvalo, shuni taʼkidlashimiz kerakki, Murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, unda muhtaram Prezidentimiz fan, taʼlim tizimiga taalluqli bir qator strategik yoʼnalishlarni belgilab berdilarki, undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan jamiyatimizning taʼlim siyosati mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashni taqozo qiladi.Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasini xalqimiz katta qiziqish bilan qarshi oldi. Unda barcha sohalar kabi taʼlim sohasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Eng muhimi, taʼlimning barcha bosqichlari bilan bogʼliq ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, taʼlim muassasalarida qobiliyatli oʼquvchilar bilan ishlash alohida koʼrsatkich sifatida qaraladi. Shuningdek, maktab oʼquv dasturlarini ilgʼor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʼquv yuklamalari va fanlarni qayta koʼrib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish boʼyicha ham koʼrsatmalar berildiki, bu ishlarni amalga oshirish, avvalo, tizimdagi rahbarlardan zamonaviy fikrlashni va xorij amaliyotini yaxshi bilishni talab qiladi. Prezidentimizning ushbu gaplari taʼlim islohotlarida ijtimoiy himoya masalasining aks etishiga yorqin misol boʼla oladi, albatta. Umuman, taʼlimda ijtimoiy himoya bizda davlat tomonidan kafolatlangan ekanini ham taʼkidlab oʼtishimiz kerak, nazarimda.Barchamiz bir tanu bir jon boʼlib, yakdil va ahil boʼlib harakat qilsak, halol-pok boʼlib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.Bu yoʼlda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar boʼlmasin, barchasini mardona yengib oʼtishga tayyormiz. Taraqqiyotga – faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi. 

Shavkatjon MАDАMINOV,
Rishton tumani XTB mudiri.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab