“Аgro Rishton taʼmir servis” MChJning Rishton filialiga 3 ta yangi chiqindi tashish mashinasi topshirildi

×

 2022-12-20 09:43:25    206

PDF yuklash
Chop etish


✳️ Chiqindi u xoh qattiq, xoh maishiy yoki qurilish chiqindisi boʼlsin, toʼplash, tashish, koʼmish yoki utilizatsiya qilish, imkoni boʼlsa, qayta ishlashni talab etadi. “Аgro Rishton taʼmir servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasiga ana shunday masʼuliyat yuklangan. 
☸️ Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan korxonaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xizmat koʼrsatish hajmi va sifatini yanada oshirish maqsadida, bugun MChJning Rishtondagi filiali tasarrufiga 3 ta yangi chiqindi tashish mashinasi topshirildi.
✳️ Tuman hokimi oʼrinbosari N. Oripov korxona masʼullari bilan suhbatda, tumanda chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga, xalqimiz uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, hududlarda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarga alohida toʼxtaldi. 
???? - Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan lizing asosida korxonamiz uchun jami 10 ta chiqindi tashish mashinasi xarid qilingan boʼlsa, ularning 3 tasini Rishtondagi filialga ajratdik, - deydi “Аgro Rishton taʼmir servis” MChJ rahbari Mirzaolim Nurmatov. – Investitsion majburiyatlarimizni toʼliq bajarish maqsadida, har biri 800 mln. soʼmdan baholangan bunday maxsus tashuv transportlarini sotib olish davom etib, 2023 yil boshida Rishton tumani uchun yana 2 ta chiqindi tashish mashinasi keltiriladi. Natijada, tumanning barcha hududlari toʼliq qamrab olinib, xizmat koʼrsatish sifati yanada oshiriladi.
✅ Korxona hozirda 71 ta mahalla va yuzdan ziyod korxona-tashkilotlarga xizmat koʼrsatib kelmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab