"Open byudjet” loyihasi doirasida bunyod etilgan tuman davlat arxivining yangi binosi ochilish marosimi oʼtkazildi

×

 2022-12-16 13:48:19    235

PDF yuklash
Chop etish


“✍️ Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholini byudjet mablagʼlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish hamda aholi va mahalliy hokimiyat organlari oʼrtasida konstruktiv muloqot oʼrnatish va ochiq maydonchalarni tashkil etish orqali ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi ishtirokini faollashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu fuqarolar manfaati va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlari asosida byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish vositasidir.
✍️ Аholi Openbudget.uz platformasi orqali mahallasi, aholi punkti va tumanidagi u yoki bu ijtimoiy muammoni hal etish boʼyicha oʼz takliflarini faol bildirmoqda. Eng koʼp ovoz olgan tashabbuslar moliyalashtirilib, aholi muammolarining manzilli yechim topishiga xizmat qilmoqda. Muhimi aholi byudjet taqsimotida ishtirok etib, oʼzi yashayotgan hududdagi muammoni hal etish imkoniyati yaratildi.Rishton tumanida ham tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani quvonarlidir. Bugun Respublika arxivlari ichida birinchi bor “Open byudjet” loyihasi doirasida qoʼlga kiritilgan 400 mln soʼm mablagʼ evaziga bunyod etilgan Rishton tuman davlat arxivining yangi binosi ochilish marosimi oʼtkazildi. 
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligi direktori Ulugʼbek Yusupov, viloyat va Rishton tuman hokimligi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.– Аrxivlar xalqimiz hayotida muhim oʼrin tutadi, – dedi “Oʼzarxiv” agentligi direktori Ulugʼbek Yusupov. – Chunki, tariximizni oʼrganmay, bilmay turib yangichasiga yashashni, hayot tarzimizni oʼzgartirishimizni, zamonga, buyuk ajdodlarimizga mos avlodni tarbiyalashimizni amalga oshirish qiyin boʼladi. Yurtimizda arxiv ishi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani davlat arxivlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, arxiv hujjatlarini kelajak avlod uchun asrab-avaylashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 
Tadbir davomida “Oʼzarxiv” agentligi direktori Ulugʼbek Yusupov tomonidan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimi faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar “Oʼzarxiv” agentligi direktorining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandilar.Shuningdek, agentlik direktori ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabr kungi Farmoni bilan taʼsis yetilgan "Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan xodimlarga koʼkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.Mazkur davlat arxivi binosi tumanimiz ahliga, jamiyatimizga ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab