Rasmiy munosabat

 2022-12-15 15:02:16    300

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoyilmadan murojaat” nomli videomurojaat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi. Rishton tumani Yoyilma qishlogʼida joylashgan Аvtogaraj bino va inshootlari Rishton tumani hokimining 15.02.2005-yildagi 92-sonli “Yoyilma agroservis” nomli muqobil MTP tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori va 05.03.2005 yildagi “topshirish qabul qilish” dalolatnomasiga asosan Yoyilma agroservis” MChJ MTPga tegishli. Ushbu qaror va dalolatnoma asosida 16.07.2014 yilda rasmiylashtirilgan kadastr xujjatlariga asosan umumiy yer maydoni 8236,23 kv.m, shundan qurilish egallagan yer maydoni 1186,68 kv.mdan iborat boʼlgan. Rishton tumani “Yoyilma agroservis” MChJ MMTPning soliqlardan boʼlgan qarzdorligi yuzasidan unga tegishli bino va inshootlari MIB Rishton tuman boʼlimi tomonidan xatlanib “E-ijro auksion” sayti orqali savdoga qoʼyilgan, Rishton tumani Yoyilma qishlogʼi hududida joylashgan umumiy maydoni 0,82 gektar boʼlgan avtogaraj bino-inshootlari “Sobirjon Saxovat yulduzi” nomli fermer xoʼjaligi tomonidan sotib olingan.Sotib olingan mulkni qabul qilib olish yuzasidan “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xoʼjaligi va MIB tuman boʼlim ijrochisi joyga borilganda fuqarolar tomonidan uy-joylar qurib olinganligi, mazkur uy-joylarga tuman hokimining Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar hamda oʼzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʼyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʼtkazish toʼgʼrisida» 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqidagi 2018 yil 21 iyun kungi 461-sonli qaroriga asosan, mulk huquqini eʼtirof etuvchi qarorlari chiqarilganligi aniqlangan.Jumladan, besh nafar fuqarolar, yaʼni Jamoldinov Rashanjonga Rishton tumani hokimining 31.05.2019 yil 3629 sonli qarori bilan umumiy yer maydoni 0,1598 ga qurilish egallagan maydoni 81,75 kv.m, Gopirova Mavludaxonga Rishton tumani hokimining 24.10.2018 yil 2241-sonli qarori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga qurilish egallagan maydoni 17,39 kv.m, Аxmadalieva Gulmiraxonga Rishton tumani hokimining 24.10.2018 yil 2240-sonli qarori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga qurilish egallagan maydoni 66,70 kv.m, Sotivoldiev Muydinjonga Rishton tumani hokimining 06.09.2019 yil 6218-sonli qarori bilan umumiy yer maydoni 0,0658 ga qurilish egallagan maydoni 16,81 kv.m xamda Eshaliev Dostonbeklarga Rishton tumani hokimining 19.05.2019 yil 3277-sonli qarori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga qurilish egallagan maydoni 70,95 kv.mga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilgan.Shuningdek, mazkur hududda Boboraximov Muxammadali Boxodirovich foydalanishidagi jami 0,1207 kv.m, umumiy qurilish egallagan maydoni 181,81 kv.m boʼlgan uy-joyiga inventar kadastr hujjati mavjudligi maʼlum boʼldi. Keyinchalik, “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xoʼjaligi rahbari S.Yuldashevning arizasi, Fargʼona tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan koʼrib chiqilgan va 19.05.2021 yil kungi hal qiluv qarori bilan Rishton tumani hokimining 24.10.2018 yil 2241-sonli qarori, Rishton tumani hokimining 31.05.2019 yil 3629-sonli qarori, Rishton tumani hokimining 06.09.2019 yil 6218-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.Bundan tashqari, “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xoʼjaligi rahbari S.Yuldashevning arizasi, Fargʼona tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan koʼrib chiqilgan va 24.07.2021 yildagi hal qiluv qarori bilan Rishton tumani hokimining 19.05.2019 yil 3277-sonli qarori va Rishton tumani hokimining 24.10.2018 yil 2240-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan. Rishton tuman “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xoʼjaligining yer uchastkasiga boʼlgan huquqlari belgilangan tartibda Davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab