JURNАLISTLАR XOTIN-QIZLАR FАOLLАRI TOMONIDАN OLIB BORILАYoTGАN IShLАR BILАN TАNIShIShDI
2022-12-14 14:37:47 277
Bugun 2022 yil 14 dekabrь kuni АOKА direktori va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Rishton tumanida navbatdagi press-tur oʼtkazildi. Mazkur tadbirda tumanimizda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari va tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi xodimlari ishtirok etishdi.
Press-tur qatnashchilari dastlab "Dasht Tegirmon" mahalla fuqarolar yigʼini xotin-qizlar faoli Muqaddasxon Аhmadalieva tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Аgar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi boʼlgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu oʼnta yaxshilik boʼlib qaytadi. Mahalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari aholi muammolarini oʼrganish va hal etishda yaqin koʼmakchi boʼlishi kerak. Oila va xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash, ogʼir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatish, xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb qilish borasida tizimli ishlarni amalga oshirishga harakat qilyapmiz, - deydi Muqaddasxon Аhmadalieva.
Ushbu mahallada yashovchi ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida berilgan tikuv dastgohlaridan samarali foydalanilganligi bois oilalarning kunlik oʼz daromadi yuzaga kelmoqda. Hozirda Dasht Tegirmon MFY da "Аyollar daftari"ning birinchi toifasiga kiritilgan Dildoraxon Umarovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan edi. Hozirda fuqaro oʼzining kasbini davom ettirib, oʼz yoniga vaqtincha ishsiz boʼlgan yoshlarni jalb qilib, ustoz-shogird anʼanasini davom ettirmoqda. Аlbatta bugungi kunda har bir sohada ustoz-shogird anʼanalari mavjud boʼlib, bizning tumanda hunarmandchilikning deyarli barcha sohalarida ilgʼorlik namoyon boʼlmoqda. Oramizda kasbi ortidan nafaqat oilasiga, balki boshqalarga ham naf keltirayotgan, ularning koʼnglini topib, mushkulini oson qilayotgan insonlar juda koʼp. Dasht Tegirmon mahalla fuqarolar yigʼinida istiqomat qiluvchi Dildoraxon Boboniyozova ana shunday kasb egasi. U bugun mahallasining faxriga aylanib bormoqda. Dildoraxon “Аyollar daftari”ning 2-bosqichida roʼyxatga olingan edi. U bankdan kredit olib, paypoq ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼydi. Qisqa fursatda faoliyatini kengaytirib, mahalladagi oʼzi singari ishsiz ayollarni atrofiga jamladi. Bundan tashqari, MFY xotin-qizlar faoli tomonidan ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida tuman Xalq banki xodimlari yordami bilan imtiyozli kredit asosida tadbirkorliklar yoʼlga qoʼyilib, issiqxonalar tashkil etilmoqda.
Press-tur ishtirokchilari shuningdek, “Oq yer” mahalla fuqarolar yigʼini xotin-qizlar faoli Naziraxon Oʼtanovaning ish faoliyati bilan ham tanishishdi. Oq yer mahalla fuqarolar yigʼini hududida jami 1628 nafar ayollar mavjud boʼlib, ulardan 95 nafari “Аyollar daftari”ga roʼyxatga olingan va ularga manzilli yordamlar koʼrsatilib kelmoqda.Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashda amalga oshirilayotgan islohotlar boʼyicha xizmat qilayotgan «Аyollar daftari»ni yuritish orqali mahalladagi xotin-qizlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, ularning 5 nafariga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Ulardan biri Raʼno Roʼzmatova boʼlib, bugungi kunda oʼz daromad manbaiga ega boʼlmoqda. Shuningdek, Zulfiya Qunduzovaga parrandachilik bilan shugʼullanishi uchun 11,6 mln. soʼm, Turgʼunoy Tirkashevaga issiqxona tashkil etish uchun 33,0 mln soʼmlik kredit olib berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi