Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi
2022-12-10 09:06:02 299
1992 yil 10 dekabr “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʼyilgan. Oʼzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi Oʼzbekiston Qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripov boʼlib, musiqasini Oʼzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʼtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʼular tarannum etilgan.
Oʼzbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʼzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʼlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʼlib xizmat qilmoqda.Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olamiz.
Qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qatʼiy ishonch tuygʼusi joʼsh uradi. Demak istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorugʼ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi.
S. Soliev, Rishton tumani hokimi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi