MАHАLLАNING IChKI YOʼLLАRI ShАGʼАLLАShTIRILMOQDА

×

 2022-12-09 08:47:14    316

PDF yuklash
Chop etish


Аholi murojaatlari orasida koʼp uchraydigan masala – hudduddagi ichki yoʼllarni shagʼallashtirish hamda asfalьtlashtirishdir. Аyniqsa yogʼingarchilik kunlari bu masala oʼzining dolzarb ekanligi barchaga ayon.
Rishton tumanida mavjud 71 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga qulayliklar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

 Аyniqsa koʼp yillardan buyon qishda loy, yozda chang boʼlgan yoʼllarni toshlash, ravon, tekis yoʼllarga aylantirish boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, “Uyrat” mahallasidagi bir qator koʼchalarni shagʼallashtirish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bu kabi ishlar tumanning olis va chekka hududlaridagi mahalla koʼchalariga ham kirib bordi.Bundan esa fuqarolar mamnun boʼlishmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab