Sektorlar faoliyatidan: Muammolarni hal etish-shu kunning talabi
2022-11-29 18:55:07 288
Bugun 2-sektor hududiga qarashli "Аr Roshidoniy" mahalla fuqarolar yigʼinida tuman prokurori Rustamjon Madaliev, tegishli boʼlim, tashkilot rahbarlari va mahalla fuqarolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolar asosan elektr energiyasining uzilishi, yoʼl taʼmiri, soliq bilan bogʼligʼ muammolar, maktabga borish uchun piyodalar yoʼlakchasi qurish masalalari boʼyicha murojaat qilishdi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari boʼyicha navbatdagi qabulda jami 12 nafar fuqarolar murojaat qildi.
Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilgan boʼlsa, 5 tasiga huquqiy tushuncha berilib, qolgan murojaatlar oʼrganish uchun nazoratga olindi.Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida tuman prokurori tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga topshiriq va koʼrsatmalar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi