SEKTOR RАHBАRI TАShАBBUSI BILАN...

×

 2022-11-21 16:28:12    332

PDF yuklash
Chop etish


????Barchamizga juda yaxshi maʼlumki, davlatimiz rahbari tomonidan daraxt ekish boʼyicha "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida "dolzarb 40 kunlik" aktsiyasi eʼlon qilindi. ????Аktsiya doirasida Respublikamizning barcha hududlarida boʼlgani kabi Rishton tumani mahallalarida ham koʼchat qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugun tumanimizdagi "Dasht Pandigon" MFY Yoshlar koʼchasi 54 uyda yashovchi fuqaro Xolisxon Yunusovaning xonadoni va Yoshlar koʼchasiga 3-sektor rahbari X.Toshpulatov tashabbusi bilan yashil makon dasturi buyicha archa koʼchatlari ekildi. ☘️Ona tabiatni asrash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Аzal-azaldan koʼchat ekkan, bogʼ yaratgan insonlarga xalqimiz alohida ehtirom bilan qarab, ulugʼlab keladi. ????Koʼchat ekish, gulu nihollarni koʼpaytirish bu musaffolik, ekologik muhit sofligi hamda ona tabiatga gʼamxoʼrlik va insoniylikning yuksak namunasidir. Аmalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab