BELBOGʼLI KURАSh BOʼYIChА MUSOBАQА OʼTKАZILDI

×

 2022-11-12 16:20:43    386

PDF yuklash
Chop etish


✅ Rishton tumanidagi “Jahonobod” qishlogʼi yoshlari azaldan sportning milliy va belbogʼli kurash turi bilan shugʼullanib keladilar. ✳️ Bugun ushbu mahalla ahli uchun sport bayrami tashkil etildi. Jahonobod qishlogʼida yashab oʼzidan munosib iz qoldirgan, qishloqning ramzi sanalgan Аbduqodir polvon, Xolmatjon polvon va Isroiljon polvon xotirasiga bagʼishlangan belbogʼli kurash boʼyicha ochiq chempionat boʼlib oʼtdi. Musobaqada Qirgʼiziston va Tojikiston Respublikasi va qoʼshni tuman va viloyatlardan kelgan polvonlar ishtirok etdilar. Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi va sektor rahbarlari qatnashishdi. Ochilish marosimida soʼzga chiqqan tuman hokimi sportchilarga omad tiladi. ???? - Jahonobod oʼzining polvonlari bilan mashhurdir. Bu yerdan bir nechta chempionlar yetishib chiqqanini faxr bilan tilga mumkin. Bugun ana shunday polvonlar xotirasi uchun musobaqa oʼtkazilayotgani barchani xursand qildi. Bugungi bahslarda barcha sportchilarga muvaffaqiyat tilayman, deydi tuman hokimi. ???? Аsrlar osha oʼzida mardlik, halollik, jasorat kabi fazilatlarni jamlagan va milliy sport turimiz boʼlgan belbogʼli kurashni dunyo boʼylab keng miqyosda rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas. Epchillik, chaqqonlik, mardlik xislatlarini oʼzida jam qilgan belbogʼli kurash yoshlarning jismonan sogʼlom, maʼnan yetuk shaxs boʼlib voyaga yetishlarida oʼziga xos oʼringa ega. Keyingi yillarda bu sport turini ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, iqtidorli sportchi yoshlarni saralash va qoʼllab-quvvatlashga boʼlgan eʼtibor oshdi. Endilikda olis va chekka hududlarda ham zamonaviy talablarga javob beradigan sport majmualari qurilmoqda. Bu esa oʼzbek sportining dovrugʼini oshishiga xizmat qilmoqda. ???? – Bellashuvlarini oʼtkazish uchun yuqori darajada tayyorgarlik koʼrilganiga guvoh boʼldik. Buning uchun mezbonlarga, xususan, sportni rivojlantirish boʼlimi, tuman hokimligi, sport maktabi jamoasiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi belbogʼli kurash boʼyicha murabbiyi Zayniddin Аrtiqov. – Shogirdlarimiz ushbu musobaqada yaxshi natijalarni qoʼlga kiritishdi. Maqsadimiz, nasib etsa jahon chempionatlarida ham yuqori oʼrinlarni qoʼlga kiritish boʼladi. ???? Musobaqalar yakuniga yetgach taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Taqdirlash marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Belbogʼli kurash yoʼnalishi boʼyicha gʼolib boʼlgan polvonlarga pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi. Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab