KUNCHIQАR YURT VАKILLАRI – RIShTONDА!

×

 2022-11-04 14:42:24    257

PDF yuklash
Chop etish


2022 yilning 4 noyabr sanasida memorandum doirasida ikki birodarlashgan tumanlar oʼrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirish maqsadida Yaponiyaning Kioto prfekturasi Mayzuru shahri hokimligi vakillari - Xiroshi Kodzima, Suboutsi Yoshinori, Kuba Marino, Аsilbek Аhmedovlar Rishton tumaniga tashrif buyurishdi.Yaponiyalik mehmonlar tantanali tarzda kutib olindi. Tuman hokimi Sufxonjon Soliev delegatsiya vakillarini qabul qildi.Uchrashuv avvalida tuman hokimi “Kunchiqar yurt” vakillariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, har ikkala mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va turli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirib oʼtdi. Uchrashuv davomida shuningdek, kelajakdagi rejalar borasida ham kelishib olindi. 

KАDJIMА XIROShI: “OʼZBEKISTON MEN UChUN QАDRLI”
Delegatsiya rahbari Kadjima Xiroshi uchrashuvlar davomida yurtimiz haqida taassurotlari bilan ham oʼrtoqlashdi. - Yurtingizda olib borilayotgan islohotlar, quyoshli mamlakat xalqining mehnatsevarligi va mehmondoʼstligi yapon xalqi udumlariga juda ham mos keladi. Men Oʼzbekistonga, xususan, Rishtonga toʼrtinchi marta kelishim, bu mamlakat men uchun juda qadrli.Har safar rishtonlik meni hayron qoldirishadi. Yaponiyaga boʼlgan qiziqishlarini aytmaysizmi? Oʼzimning ham Rishonga mehrim boʼlakcha. 23 yildan beri faoliyat olib borayotgan yapon maktabini yurtimizda yaxshi bilishadi. “Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markazidagi sharoitlar menga maʼqul boʼldi. Oʼzaro hamkorligimiz yanada samarali boʼlishiga ishonaman.

YaPON MАKTАBIGА TАShRIF
Yaponiya delegatsiyasi aʼzolari Rishton tumanida joylashgan “Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markaziga ham tashrif buyurib u yerda tahsil olayotgan oʼquvchilar bilan uchrashdilar.Rishton tumanidagi “Noriko – Gakkyu ” yapon tili maktabida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Yapon maktabi oʼquvchilari tomonidan ijro etilgan Yaponiya madhiyasi mehmonlar uchun kutilmagan sovgʼa boʼldi.

KULOLChILIK MUZEYIDА 
Delegatsiya vakillarining soʼnggi manzili usta kulol Ravshan Tojiddinov tomonidan tashkil etilgan «R+Koron» kulolchilik muzeyi boʼldi.Bu yerdagi sanʼat asarlari yaponiyaliklarni lol qoldirdi. - Rishton kulolchiligi meni oʼziga rom etdi. Bu yerdagi ishlarning barchasi qoʼl mehnati orqali bajarilishi juda ahamiyatlidir. Mamlakatimizda bunday sanʼat asarlarini qadrlashadi. Taassurotlarimni bir soʼz bilan ifodalab boʼlmaydi, deydi Suboutsi Yoshinori.Tashrif yakunida mehmonlarga sovgʼalar topshirildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab