Umumtaʼlim maktablariga quyosh elektr panellari oʼrnatilmoqda

×

 2022-11-03 15:36:02    352

PDF yuklash
Chop etish


Tuman xalq taʼlimi boʼlimi tumanimizdagi umumtaʼlim maktablariga quyosh elektr panellarini oʼrnatish ishlari amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.
2022 yil 10 iyunь kuni prezident rahbarligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida joriy yil yakuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar oldiga Oʼzbekistondagi 1000 ta umumtaʼlim maktabi binolarida quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini oʼrnatish vazifasi qoʼyilgandi.
Vazirlik 390 ta umumtaʼlim maktabiga, mahalliy hokimliklar esa 610 ta maktab binosiga quyosh elektr panellari oʼrnatishi belgilab berilgan. Quyosh elektr panellari kamida 5-10 kVt quvvatga ega boʼlishi kerak. Bugungi kunga qadar Аndijon, Navoiy, Sirdaryo, Fargʼona hamda Toshkent viloyatlaridagi maktablarda mazkur turdagi quyosh elektr panellarini oʼrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda tumanimizdagi 11, 17, 40, 48, 55, 60 va 64- umumtaʼlim maktablariga quyosh panellari yetkazib berilib, oʼrnatish ishlari davom etmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab